Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Prezident yirik savdo tarmoqlari bilan ishlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muammolarini ko‘rsatib, Shaxrux Sharaxmetovning Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimiga loyiqligi masalasini o‘rganishni topshirdi. Davlat rahbari sariyog‘ eksportiga qo‘yilgan cheklovni ham olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Shaxrux Sharaxmetov UzIMEI tizimi, radar o‘rnatish nuqtalarining auksionda sotilishi va haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi masalalari kun tartibida turgan «eng murakkab va dolzarblari» hisoblanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita raqobat nuqtai nazaridan bu kabi holatlarni nazorat qila oladimi, uning vakolatiga kiradimi yoki yo‘qmi degan masala turibdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting